O‘zLiDePning “Tadbirkorlik haftaligi” yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi

13.11.2017, 17:44

O‘zLiDePning “Tadbirkorlik haftaligi” yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi

2006 yildan buyon Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi Global tadbirkorlik tarmog‘i tomonidan tadbirkorlik haftaligi o‘tkazib kelinmoqda. Uning doirasida turli xil forumlar, davra suhbatlari, dunyoning taniqli va ilg‘or tadbirkorlari bilan ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tadi. Haftalik davomida tadbirkorlikning milliy va jahon iqtisodiyoti rivojiga qo‘shib kelayotgan hissasi, biznesning yangi innovatsion strategiyalari hamda moliyaviy ko‘mak masalalari muhokama etiladi.

Joriy yil 13-19 noyabr kunlari mamlakatimizda ilk marotaba “Tadbirkorlik haftaligi” o‘tkaziladi. Unda yirik tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari, investorlar, eksport bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. 

“Tadbirkorlik haftaligi” davomida O‘zLiDeP “Yoshlar” va “Ayollar” qanoti ham bir qator tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Ana shunday tadbirlardan biri poytaxtimizdagi “Shodlik palas” mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Unda partiya fraksiyasi a’zolari, soliq, statistika, adliya, savdo-sanoat palatasining Toshkent shahar boshqarmalari, Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar Kengashi xodimlari tadbirkor xotin-qizlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ayollar tadbirkorligini rag‘batlantirish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatidagi muammolarni hal etish, tadbirkor ayollarning biznes-rejalarini tayyorlashda ko‘maklashish, ularga huquqiy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirishda soliq idoralarning o‘rni va ahamiyati, mahallalarda uyushmagan yoshlar, ish bilan band bo‘lmagan ayollar bilan olib borilayotgan ishlar xaqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

 Tadbir davomida tajribali tadbirkor xotin-qizlar o‘z faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazishdi. Bu esa ish bilan band bo‘lmagan ayollarni tadbirkorlikka keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Partiya haftalik doirasida barcha hududlarda uchrashuvlar va ochiq muloqotlar o‘tkazishni rejalashtirgan.

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

Matbuot xizmati 

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1627
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

«Inobot Savdo» МЧЖ БПТ Мирзо улуғбек туман2018-07-12 17:18:28

Яна бир имконят


Toshkent shahar Yoshlik talabalar shaharchasi kengashi a'zosi Sherbek Ramazonov2018-07-11 10:37:00

Juda ham ahamiyati katta bo'lgan yangilik. Bu Universitetning tashkil etilishi yurtimizda ta'lim sifatini yaxshilash bilan birga mamlakatimizda yuqori malakali kadrlar ko'payishi va yurtimizning jahon hamjamiyatiga ilmiy jihatdan integratsiyalashuvini ta'minlaydi...


Кадиров Жасурбек-O`zLiDeP Олмазор туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари-аппарат раҳбари2018-07-10 10:52:53

Тошкент шаҳрида Пучон университетининг ташкил этилиши ҳамда таълим тизимида малакали кадрларни тайёрлашга йўналтирилганлиги, 2021 йилнинг 1 июлигача университет барча турдаги солиқлардан озод этилганлиги, мақсадли давлат жамғармаларига мажбурий ажратмалардан озод этилганлиги мамлакатимизнинг ривожланиши йўлида яна бир янги қадам бўлганлиги билан эътиборлидир. Таълим тизимида олиб борилаётан бу каби ҳаётий ислоҳотлар мамлакатимизда таълим сифатини оширишга, мамлакатни модернизация қилиш ҳамда замонавий жамиятни барпо этиш билан боғлиқ вазифаларни ҳал этишга қодир бўлган кадрларнинг янги авлодини тайёрлашга замин яратади.


Замира Сафарова-Халқ депутатлари Бухоро вилоят Кенгаши депутати, "Ғиждувон Машҳураси" х/к раҳбари, БПТ раиси2018-07-04 16:31:31

Мамлакатимиз пойтахти Тошкент шаҳрида Пучон университетининг ташкил этилиши ва унинг айнан таълим тизимида малакали кадрларни тайёрлашга йўналтирилганлиги, иккинчи жиҳатдан 2021 йилнинг 1 июлигача университет барча турдаги солиқларни тўлашдан ва мақсадли давлат жамғармаларига мажбурий ажратмалардан озод этилганлиги жонажон Ватанимизнинг янада ривожланишига янги қадам бўлганлигини барча корхонамиз ходимлари ва ЎзЛиДеП БПТ аъзолари билан эъроф этамиз.


Норпўлатова Маърифат-Ғиждувон туман мактабгача таълим бўлими бошлиғи ўринбосари, ЎзЛиДеП БПТ раиси2018-07-04 16:20:31

Президентимиз қарорлари билан ташкил этилган бу Университет мамлакатимизнинг мактабгача таълим муассасаларида кўп йиллар давомида етишмай келаётган педагог ва тарбиячилар ўрнини тўлдириш, инновацион муҳитни шакллантириш, ривожланган хорижий мамлакатларнинг етакчи олий таълим муассасалари билан узоқ муддатли муносабатларни янада ривожлантириш мақсадида ташкил этилаётганлиги билан аҳамиятлидир.


Шоназар Ғайбуллаев-Ғиждувон туман ҳокими ўриннбосари, ЎзЛиДеП фаоли 2018-07-04 16:15:19

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Тошкент шаҳрида Пучон университетини ташкил этиш тўғрисида”ги қарори айни вақтда қабул қилинган қарор бўлди. Чунки ҳозирги кунда таълим тизимидаги ислоҳотларни янада самарали боришида бизга юқори малакали кадрларга бўлган эҳтиёж сезилмоқда.


Fikringizni qoldiring

+