O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” o‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarning eng yaqin tayanchi va suyanchi (+VIDEO)

14.02.2018, 12:05

O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” o‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarning eng yaqin tayanchi va suyanchi (+VIDEO)

O‘zLiDePda “Yoshlar kuni” munosabati bilan Urganch tibbiyot kollejida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda yoshlarga “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturidan kelib chiqadigan vazifalar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

– Davlat Dasturida nafaqat tadbirkorlik, balki jamiyatimizda mavjud bo‘lgan barcha sohalarni rivojlantirish, har bir sohaga innovatsion g‘oya va tashabbuslarni kiritish, aholining turmush darajasini yaxshilash va inson manfaatlarini himoya qilish borasida aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan, – deydi Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP  deputatlik guruhi a’zosi J.Qurbanov. – Deputat va yoshlar uchrashuvida Davlat Dasturida mamlakatimiz yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka berilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlar bilan yaqindan tanishtirish lozimligi aytib o‘tildi.

Uchrashuvda partiya “Yoshlar qanoti” o‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarning eng yaqin tayanchi va suyanchi ekani ta’kidlab o‘tildi.

Azamat ANNAXASANOV,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

yoshlar bilan ishlash bo‘limi yetakchi konsultanti

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1553
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+