Markaziy nazorat-taftish komissiyasi
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Markaziy nazorat-taftish komissiyasi
«Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi» Markaziy nazorat-taftish komissiyasi partiyaning markaziy nazorat organi bo‘lib, partiyaning rahbar va ijroiya organlari, quyi partiya tashkilotlari ustidan Ustav va partiya rahbar organlarining qarorlari bajarilishini hamda ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatlarini nazorat qiladi.
Markaziy nazorat-taftish komissiyasi S’ezd tomonidan tasdiqlangan nizom va Ustav asosida o‘z faoliyatini olib boradi. Markaziy nazorat-taftish komissiyasi a’zolarining soni S’ezd tomonidan belgilanadi. Markaziy nazorat-taftish komissiyasi a’zolari ochiq ovoz berish yo‘li bilan uch yil muddatga saylanadilar.
Markaziy nazorat taftish komissiyasining tarkibi 9 kishidan iborat. Komissiya raisi – Toshmatov Qobiljon Fattaxоvich - Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi direktori.
Markaziy nazorat-taftish komissiyasi a’zosi bir vaqtning o‘zida partiya Siyosiy Kengashi a’zosi bo‘lishi yoki uning ijro organlarida ishlashi mumkin emas.
Markaziy nazorat-taftish komissiyasi o‘z majlisida komissiya raisi va uning o‘rinbosarini saylaydi.
Markaziy nazorat-taftish komissiyasi majlislarida partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi a’zolari qatnashishlari mumkin.
Markaziy nazorat-taftish komissiyasi vakolatlari:
– partiya rahbar organlari, quyi partiya tashkilotlari va partiya a’zolarining mazkur Ustav, partiya Dasturi, qarorlar va me’yorlarni bajarilishi va rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatadi;
– partiya tuzilmalarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati hamda yillik partiya byudjeti rejasining maqsadli amalga oshirilishi ustidan taftish o‘tkazadi;
– partiya a’zolarining ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqadi;
– partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar tashkilotlari, tuman (shahar) bo‘limlarining nazorat-taftish komissiyalari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Markaziy nazorat-taftish komissiyasi mazkur Ustav va S’ezd qarorlaridan kelib chiqadigan boshqa vakolatlarni amalga oshirishi mumkin.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining
VI S’ezdida (2014 yil 31 oktyabr kuni) tasdiqlangan
№ |
Familiyasi, ismi va otasining ismi |
Ish joyi va egallab turgan lavozimi |
1. |
Toshmatov Qobiljon Fattaxоvich |
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi direktori, O`zLiDeP Markaziy nazorat-taftish komissiyasi raisi |
2. |
Radjapov Nodirbek Muxtorovich |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi |
3. |
Nazirkulov Atxam Axatkulovich |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi |
4. |
Muyatdinov Mahmud Jalelovich |
“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali direktori |
5. |
Turg‘unov G‘ayratjon Nishonovich |
Farg‘ona viloyati iqtisodiyot Bosh boshqarmasi boshlig‘i |
6. |
Xayitov Arslon Xolmurodovich |
“Kafolat” Davlat aksionerlik sug‘urta kompaniyasi Samarqand viloyat filiali direktori |
7. |
Hodiev Uchqun Jumaevich |
Romitan tumani fermerlar kengashi raisi |
8. |
Egamberdiev Orifjon Ismonovich |
Baliqchi tumanidagi “Nargiza” xususiy firmasi direktori |
9. |
Erdonaev Aliqul Halimovich |
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xodimlar bilan ishlash departamenti direktori |