Baxt uzoqda emas

06.11.2017, 18:05

Baxt uzoqda emas

Yuzma-yuz muloqotga nima yetsin? Muammo-yu kamchiliklar ham ana shunda aniq-tiniq, ro‘yi rost aytiladi. Shunga yarasha yechim topiladi. O‘zLiDeP Qonliko‘l tuman Kengashi xodimlari va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Jana qala ovul fuqarolar yig‘inidagi xotin-qizlar bilan uchrashishidan asosiy maqsad ham ayni shu edi.

– Aytish kerakki, ushbu ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladigan 4 ming 165 nafar aholining 2 ming 112 nafari xotin-qizlardir, – dedi yig‘in maslahatchisi A. Bekmuratova. – 50 dan ortiq fermer xo‘jaligining 2 tasini ayollar samarali boshqarib kelmoqda. Opa-singillarimizning salomatligini mustahkamlash maqsadida patronaj hamshiralar o‘z vaqtida xonadonma-xonadon kirib, tibbiy nazoratdan o‘tkazib turishibdi.

– Saylovchilarimizning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishamiz, – dedi deputat D. Abdullayev. – Ushbu mahalla ahlining o‘z tomorqasidan va mavjud boshqa imkoniyatlaridan samarali foydalanib kelayotgani bizni mamnun etdi. Masalan,
F. Nurimbetova yosh oila bekasi bo‘lishiga qaramay, tikuvchilik qilib kelayotganini aytdi. Dastegul Ametova esa 8 sotix tomorqasida poliz ekinlarini ekib, ro‘zg‘oridan ortganini sotib daromat topmoqda.

– Baxtni uzoqdan izlashga hojat yo‘q, – deydi Das­tegul opa. – Yurtimiz jannatmakon, yerga cho‘p suqsak ham unib, hosilga kiradi. Tomorqada ishlash ro‘zg‘orni to‘kin qiladi, farzandlarning suyagi mehnatda qotadi. Bu esa ularning kelgusi hayotida juda asqotadi. Bir qarich yerimizda ekkan qovoq, murch, pomidor, uzumdan o‘zimizga loyiq foyda olyapmiz.

Mubolag‘a emas, mirishkor janaqalaliklarning yashash tarzi ibrat olsa arzigulik. Shu kuni partiya faollari va deputatlar imkoniyatlardan yanada unumli foydalanish bo‘yicha maslahatlar berishdi.

Asem SIRIMBETOVA,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi mas’ul xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1391
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Farxod2020-06-13 17:30:30

Assalomu aleykum. Мен 2018 йилдан бери уйни хужжатларини топширдим. Лекин, айолим мурожаат килди яшнобод хокимиятига,халк кабулхонасига, афсус Яшнобод туманидаги Хокимиятдаги ходимлардан бири Сергилидаги уйлар курилиши тухтатилгани хакида айтиб утибди. Буни кандай тушуниш мумкин. Аёлим ишдан коронтинда айрилди. Оиламни бокишга етмаяпти, ижарада тураман ойлигимни хаммаси туловга кетватти. Болларим вояга етмаган. Уйни олишда ойликка караб беришни йулга куйилса яхши булар эди. Чунки, хаммани ойлиги бир хил эмаску.


Nilufar2019-12-13 16:11:20

Assalomu aleykum. Bu uylarni olish juda qiyin bovotti. Chunki men ham ikki yil navbatda turfim, lekin kommisiya propiska yoq, kvadrat metr yetadi deb rad etishti. Vaholanki meni oz uyim yoq. Hosh vaziyatda men nima qilishim kerak. 4nafar voyaga yetmagan farzandlarim bilan ota uyimda yashamoqdaman. Shaxar xokimyati, xotin qizla qomitasi, tuman xokimyati h am xech qanday yordam berishmadi.


shamsiddin2019-06-15 14:00:08

Assalomu -alaykum uy-joy arzon demanglar bu arzonga kirmaydi chunki oddiy odam qachon mustaqil uy olishga qurbi yetsagina arzon uy-joy deb yozinglar eng qulay narx 1 milion mayli harakat qilamiz boshlangich tulovsiz faqat yana umrini oxirigacha bulmaslik kerak


shamsiddin2019-06-15 13:51:51

Uy joy masalasiga kelsak aldagani bola yaxshi bir cho'ldan yer beramiz deb haliyam berilmadi 2 yilar bo'lyapti hujjatlar chirib ketgandir u yerga hech bumaganda bir parnik qisam bulardi pamidor bodring o'stirib sotardim keyin palon narxli uydan olishga imkoniyat bularmidi deb hayol surib yuribmizda haloyiq


Gavhar2019-06-07 20:45:08

Assalomualeykum. Menga ham ushbu arzon uylardan berildi lekin, boshlangich to'lov asosida. Hech qanday imtiyoz berilmadi. Qonunda imtiyozli uylar boquvchisini yo'qotgan nogironligi bor shaxslarga berishi ko'rsatilganku. Axir men ham ushbu ko'rsatilgan shaxs sifatida olishim mumkun ediku. Nima uchun menga imtiyoz berilmadi. Shu maqolaga alohida e'yibor berishingizni talab qilardim.


Алиев Шерзод Хамиджонович2018-08-29 12:09:26

Хозирги кунда халқимизга уй -жой масаласида кўрсатилган имкониятлар кўнгилдагидек бироқ бази бир мутасади ташкилотлар томонидан қарорни ижросини таьминлашда бир оз пайсалга солинаётганлиги халқ учун қийинчилик туғдирмоқда.Шу сохадаги шаффофликни, ошкороликни хам таъминласак мақсадга мувофиқ бўлар эди.


Алиев Шерзод Хамиджонович2018-08-29 12:09:26

Хозирги кунда халқимизга уй -жой масаласида кўрсатилган имкониятлар кўнгилдагидек бироқ бази бир мутасади ташкилотлар томонидан қарорни ижросини таьминлашда бир оз пайсалга солинаётганлиги халқ учун қийинчилик туғдирмоқда.Шу сохадаги шаффофликни, ошкороликни хам таъминласак мақсадга мувофиқ бўлар эди.


Носирова Шоира Кармана туман Кенгаши депутати2018-08-11 07:16:52

Аҳолини арзон уй-жой билан таъминлаш масаласи янада соддалаштирилганлиги ёшларимиздаги имкониятларни кенгайтирилганлигидир. Шу сохадаги шаффофликни, ошкороликни хам таъминласак мақсадга мувофиқ бўлар эди.


Yangibozor tumani A.Adamov2018-07-28 10:23:01

Arzon uy-joylarga bölgan talab juda yuqori.


Fikringizni qoldiring

+