Sanoat klasteri tizimi rivojlantiriladi

27.09.2021, 16:43

Sanoat klasteri tizimi rivojlantiriladi

Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva “Ohangaronsement” AJ da faoliyat ko‘rsatayotgan saylovchilar bilan uchrashish maqsadida korxonaga tashrif buyurdi.

Ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva “Ohangaronsement” AJ direktori Kulikov Gennadiy Vasilevich bilan suhbati chog‘ida nomzodning saylovoldi dasturida kelgusi besh yilda sanoat mahsulotlari hajmi 1,4 barobar, mehnat unumdorligi esa kamida 2 marta oshirilishi belgilangani, bu esa “drayver” sohalarda, “xomashyodan – tayyor mahsulotgacha” degan tamoyil asosida sanoat klasteri tizimini rivojlantirish orqali yo‘lga qo‘yilishi ko‘zlanayotgani borasida fikr yuritdi.

Aksiyadorlik jamiyati direktori Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida ilm-fanni rivojlantirish orqali sanoat tarmoqlariga eng zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishining belgilangani mamlakat sanoatida yangi burilish, yangi taraqqiyot davrini boshlashni ko‘zlanganidan dalolat berishini ta’kidladi.

Saylovoldi dasturining har bir bandi puxta o‘ylab, uzoqni ko‘zlab ishlab chiqilganini e’tirof etdi.

Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturidan o‘rin olgan yo‘nalishlar va hayotbaxsh g‘oya va maqsadlarni hayotiy misollar orqali yoritib berdi. Ayniqsa, dasturda sanoat klasteri tizimini rivojlantirish masalasiga ham e’tibor qaratilganini batafsil sharhladi.

Uchrashuv yakunida o‘z xalqiga sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan davlat va jamoat arbobi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDeP dan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati

 

 

Teglar
  • Ko'rildi
    248
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+