Ishonchli vakil ichki ishlar xodimlari bilan muloqot qildi

28.09.2021, 16:04

Ishonchli vakil ichki ishlar xodimlari bilan muloqot qildi

O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili R. Kalanovning Toshkent shahridagi Ichki ishlar organi xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ishonchli vakil nomzod saylovoldi dasturining mazmun-mohiyatini  ishtirokchilarga aniq misollar bilan yetkazdi.  Dasturning adolat va qonun ustuvorligi – xalqparvar davlat poydevori yo‘nalishi bo‘yicha qator masalalar o‘rin olganligi ta’kidlandi.

Xususan, bundan buyon ichki ishlar organlari faoliyatini baholashda aholi muammolarini hal etish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash natijadorligi asosiy mezon etib belgilanadi. Sudlar faoliyatiga “yagona darcha” tartibi joriy etiladi.

Ishonchli vakil ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aniq, javoblar qaytardi. Fikrlarini hayotiy misollar bilan asoslab berdi. Uchrashuv ko‘tarinki ruhda, savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

O`zLiDeP Toshkent shahar kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    244
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+