Nomzodning ishonchli vakili neftchilar bilan uchrashdi

29.09.2021, 16:59

Nomzodning ishonchli vakili neftchilar bilan uchrashdi

Partiyadan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili Samoydin Xusenov navbatdagi uchrashuvni Buxoro Neftni qayta ishlash zavodida o‘tkazdi. Ishchi-xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuv odatiy qonun-qoidalardan, rasmiyatchilikdan xoli holda samimiy suhbat tarzida o‘tdi. Zavod mehmonlari  nomzod va uning amalga oshirgan ishlari,  kelgusidagi rejalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishar ekan, ishchilarni saylovda munosib tanlov qilishga chaqirishdi.

O’z o‘rnida zavod ishchilari ham mas’ullarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etib,  to‘laqonli javoblarga ega bo‘lishdi.

Bu kabi targ‘ibot uchrashuvlarining tashkil etilishi saylovni yuqori saviyada o‘tishiga, saylovchilarning huquqiy bilimini rivojlantirish va nomzodning saylovoldi dasturi joylarda targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    604
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+