Ishonchli vakil Olmazor tumanidagi saylovchilar bilan uchrashdi

29.09.2021, 17:04

Ishonchli vakil Olmazor tumanidagi saylovchilar bilan uchrashdi

O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili R. Kalanovning Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti majlislar zalida Olmazor tumani saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturining mazmun-mohiyatini  ishtirokchilarga aniq misollar bilan yetkazdi. Barcha sohalar qatori “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida hududlarning “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqib, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari qurilishiga alohida e’tibor qaratiladi. 70 ming kilometrdan ziyod avtomobil yo‘llari, 15 ming kilometrdan ortiq ichimlik suvi va 1 ming kilometr oqova suv tarmoqlari quriladi. Mamlakatimiz bo‘yicha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 87 foizga yetkaziladi.

Bundan tashqari butun mamlakatimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi tatbiq etiladi. Endilikda shahar va tumanlarda iqtisodiy kompleks tarkibiga kiradigan barcha idoralarning bosh vazifasi “mahallabay” ishlash asosida kambag‘allikni qisqartirish va ishsizlikni bartaraf etish hisoblanadi. 2026 yil yakunigacha kambag‘allikni kamida 2 barobar qisqartirish asosiy vazifalardan biri etib belgilanmoqda.

Uchrashuv davomida O’zbekiston xalq artisti, O’zbekiston Qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva nomzodning saylovoldi dasturi bilan tanishib chiqqanini, barcha sohalarga ahamiyat qaratgan mukammal dastur ekanligini  alohida ta’kidladi. O’z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanib, barchani saylovda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Ishonchli vakil ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aniq, javoblar qaytardi. Fikrlarini hayotiy misollar bilan asoslab berdi.

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    258
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+