Ishonchli vakil Davlat soliq boshqarmasi xodimlari bilan muloqot qildi

11.10.2021, 11:10

Ishonchli vakil Davlat soliq boshqarmasi xodimlari bilan muloqot qildi

O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili Rustam Kalanovning Toshkent shahridagi Davlat soliq boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturining mazmun-mohiyatini ishtirokchilarga aniq misollar bilan yetkazdi. Jumladan, 2022 yildan boshlab korxonalarning mol-mulk solig‘i stavkasi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirilib, tadbirkorlar ixtiyorida 500 milliard so‘m mablag‘ qoldiriladi. 2023 yildan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 15 foizdan 12 foizga tushiriladi, yuridik shaxslarning molk-mulk va yer soliqlari birlashtirilib, yagona ko‘chmas mulk solig‘i joriy qilinadi. Bank, moliya, telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik yo‘nalishlarida foyda solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushiriladi va barcha tadbirkorlik sub’ektlari uchun bir xil bo‘ladi. 2022 yildan boshlab bog‘cha, maktab, sog‘liqni saqlash ob’ektlarini qurish va ta’mirlashga ajratiladigan 4 trillion so‘m mablag‘ni taqsimlash vakolati viloyatlarga beriladi. Barcha bo‘g‘indagi ijro idoralari rahbarlari – xoh u vazir bo‘lsin, xoh qo‘mita raisi, bir yillik ish dasturi va amalga oshiradigan loyihalarini jamoatchilikka ochiq e’lon qilib boradi.

Ishonchli vakil dasturdagi shu kabi ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtalib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aniq javoblar qaytardi.

O`zLiDeP Toshkent shahar kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    446
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+