Deputat B. Ruxiddinovning Suv xo‘jaligi vazirligiga yo‘llagan iltimosnomasi ijobiy hal etildi

11.11.2021, 15:57

Deputat B. Ruxiddinovning Suv xo‘jaligi vazirligiga yo‘llagan iltimosnomasi ijobiy hal etildi

Bugun O’zLiDeP deputatlari aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganib, muammolarni hal qilishda astoydil harakat qilishmoqda.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati Baxtiyor Ruxitdinov ana shunday fidoiy, jonkuyar, o‘z saylovchilarini ishonchini qozongan xalq vakilidir.

 Parkent tumanining Chotqol va Bo‘ston MFY aholisi uchun kundalik suv iste’molini yaxshilash maqsadida “Parkent kanali”ga suv ochib berish yuzasidan deputat B. Ruxiddinov tomonidan Suv xo‘jaligi vazirligiga yo‘llangan iltimosnomasi ijobiy hal etildi.

Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 10 noyabrdagi 03/17-3277-sonli javob xatiga asosan joriy yil 9 noyabr kunidan “Parkent kanali”ga 1 m3/sek miqdorida suv ochilganligi ma’lum qilingan.

Xalq vakili O’zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi rahbariyatiga ushbu murojaati qisqa muddatda hal etilganligi uchun Chotqol va Bo‘ston MFY aholisi nomidan minnatdorchilik bildirdi.

  • Ko'rildi
    382
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+