Mahalladagi bo‘sh yerga 300 tup "Rizamat" uzum navi ko‘chatlari ekildi

19.11.2021, 15:38

Mahalladagi bo‘sh yerga 300 tup

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlanib, umumxalq harakatiga aylanib ketgan “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” Ohangaron shahrida ham keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.

Shahar hokimi Akrom Eshonqulov va mahalliy Kengashdagi O'zLiDeP deputatlari tashabbusi bilan “No‘g‘ayqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 20 sotixli yer maydoniga 300 tup "Rizamat" uzum navi ko‘chatlari uyushqoqlik bilan ekildi.

“Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan g‘oyat xayrli tashabbus “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarini tizimli ravishda amalga oshirib kelmoqdamiz.

Shaharimizdagi “Obod mahalla” Davlat dasturiga kiritilgan “No‘g‘ayqo‘rg‘on” mahallasida o‘rnatayotgan nihollarimiz mevasidan hududning ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand aholi qatlami bahramand bo‘lishini niyat qilib turibmiz.

Bugun ekayotgan nihollarimiz ertaga Yangi O’zbekistonimizda obod bog‘-rog‘lar, so‘lim yashil maydonlar sifatida bo‘y cho‘zib, atrof-muhit, ekologik vaziyat yaxshilanishiga xizmat qilishi muqarrar”.

  • Ko'rildi
    703
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+