“Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ vakili deputatlarga hisobot berdi

22.11.2021, 17:00

“Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ vakili deputatlarga hisobot berdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda 2018-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash dasturiga muvofiq 2021 yilda yangi elektr tarmoqlarini, transformator punktlarini  qurish va rekonstruksiya qilish ijrosi to‘g‘risida Samarqand hududiy elektr ta’minoti korxonasi aksiyadorlik jamiyai umumiy masalalar bo‘yicha direktori Gulzuxra Sa’dullayeva hisoboti eshitildi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, bugungi kunda viloyatdagi 864,7 ming iste’molchiga elektr energiyasi 139 ta nimstansiyalar, 27595,6 km. uzatish tarmoqlari, 11315 ta transformator punktlari orqali yetkazilib berilmoqda. O’tgan davrda 3534,7 km. uzatish tarmoqlari, 1180 ta transformator punktlari qurildi.

Bundan tashqari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida viloyat bo‘yicha 71,7 km. tarmoq va 28 dona transformatorlarni rekonstruksiya qilish belgilanib, 85,5 km tarmoq rekonstruksiya qilindi va 29 dona transformatorlar o‘rnatildi.

Shuningdek, iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida 5 ta erkin iqtisodiy va 3 ta kichik sanoat zonalarida ishlar olib borilib, 0,7 km 110 kV bo‘lgan tarmoq qurildi va 1 dona 16 mVt kuch transformator o‘rnatilib, 1 dona 16 mVt transformator o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Kelgusida qishloq joylarda va yangi tartibda qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarni elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 32 ta transformator punktlari o‘rnatiladi, 14,8 km. tarmoq tortiladi.

Shuni alohida qayd etish kerak, 25 yildan ko‘p muddatda foydalanishda bo‘lgan 49 ta nimstansiyalar, 7761,5 km. uzatish tarmoqlari va 3410 ta transformator punktlari mavjud.

Keyingi 5 yilda iste’molchilar sonining oshishi hisobiga elektr energiyasi iste’moli 1132,6 mln. kVt.sga oshib, 5787,8 mln. kVt.sga yetkaziladi.  

Deputatlar shu kabi qilingan ishlar, yutuqlar va kamchiliklar bo‘yicha savollar va takliflarini bildirib o‘tishdi va tegishli qaror qabul qilindi.

  Nodir To‘rayev,

  O’zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    540
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+