O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi istiqboldagi vazifalarni belgilab oldi

30.11.2021, 12:17

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi istiqboldagi vazifalarni belgilab oldi

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashida o‘tkazilgan Kengaytirilgan yig‘ilishda Prezidentlik saylovida viloyatdagi partiya faollari ishtiroki hamda bu yirik siyosiy jarayonni o‘tkazishda faollik va tashabbus ko‘rsatgan partiya xodimlari faoliyatiga ijobiy baho berildi.

Yig‘ilishda partiyaning viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Arziqul Sherov so‘zga chiqib, Kengash oldida turgan istiqbolli vazifalar va uni ijrosini ta’minlashda barcha partiya xodimlari, deputatlar hamda faollar mas’uliyat bilan ish olib borishi lozimligi xususida so‘z yuritdi.

Anjumanda partiya viloyat Kengashi qoshida faxriylar Kengashini tuzish masalasi ham ko‘rib chiqilib, bu tuzilmaning ahamiyati va vazifalari haqida ham fikr bildirildi. Shuningdek, yig‘ilishda boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    511
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+