Kitoblik ishbilarmon ayol hovlisida “master-klass” o‘tkazildi
02.12.2021, 15:56

Nigoraxon Safarova ishbilarmon ayol sifatida nafaqat Paxtaobod MFY hududidagi Jarqo‘rg‘on qishlog‘i ahli o‘rtasida balki Kitob tumanida ham katta obru e’tiborga ega. U 11 sotix issiqxonasida bir yilda uch marta ekin ekib, mo‘l hosil olishga erishmoqda. U dastlab issiqxonasidan 10 mln so‘mgacha daromad olgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, bu miqdor 45-50 mln so‘mdan oshmoqda.
Yaqinda O’zLiDeP Kitob tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan Nigoraxon Safarova xonadonida uyda o‘tirgan va kasb-hunarsiz xotin-qizlar ishtirokida mahorat darsi shaklida amaliy seminar o‘tkazildi. Unda N. Safarova hamqishloqlariga o‘zining muvaffaqiyatlari hamda issiqxonadan mo‘l daromad olishda nimalar ahamiyat berish zarurligi xususida so‘zlab berdi.
Tadbirda O’zLiDeP Kitob tuman Kengashi ijrochi kotibi Gullola Kenjayeva “Har bir oila – tadbirkor” dasturida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish, qo‘ni-qo‘shnilarni hamda xududdagi xotin-qizlarni tomorqasidan unumli foydalanishga jalb etish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi, shuningdek, yeridan unumli foydalanilayotgan tomarqachilarga imtiyozli va kam foizli kredit olish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Qo‘ng‘irotlik mahalla yoshlari tadbirkorlik sub’ektiga sayohat qilishdi
05.08.2022, 16:01
-
Poytaxtlik tadbirkorlar ishtirokida muloqot o‘tkazildi
01.08.2022, 12:06
-
"Men ham tadbirkor bo‘laman" loyihasining Namangan viloyat bosqichi g‘olibi aniqlandi
01.08.2022, 12:03
-
“Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasining Sirdaryo viloyat bosqichi g‘olibi aniqlandi
29.07.2022, 12:03
-
“Men ham tadbirkor bo‘laman”: Husniddin Safarovning "SCIENCEWAY" mobil ilovasi va internet saytini yaratish bo‘yicha loyihasi g‘olib deb topildi
28.07.2022, 15:49
Fikringizni qoldiring