O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” faoli “UZBEKISTAN GTL”ning maxsus stipendiya dasturida g‘olib chiqdi

20.12.2021, 15:46

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” faoli “UZBEKISTAN GTL”ning  maxsus  stipendiya dasturida g‘olib chiqdi

G’uzor tumanida qurilishi nihoyasiga yetkazilayotgan “UZBEKISTAN GTL” zavodi jahon energetika tarmog‘ining gigant korxonalaridan biri hisoblanadi. Bu yerda tabiiy gaz chuqur qayta ishlanib, zamonaviy markadagi aviakerosin, dizel yonilg‘isi, nafta va suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi. Eng muhimi, xorijdan mamlakatimizga uglevodorodlarni import qilish darajasi keskin pasayadi.

“UZBEKISTAN GTL” kabi yuqori texnologik sanoat majmuasi dunyoda barmoq bilan sanarli va bunday loyihada ishtirok etish har bir yosh mutaxassisning cheksiz orzusidir. Joriy yilningsentyabr-noyabr oylari davomida “UZBEKISTAN GTL”  MChJ tomonidan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun maxsus stipendiya dasturi e’lon qilingani yoshlar orzularini ro‘yobga chiqarishda katta imkoniyat bo‘ldi. Unda respublikamizdagi OTMlardan 1700 nafar iqtidorli talaba ishtirok etdi va ularning 10 nafari g‘olib deb topildi.

-Iqtidorli yoshlar safida e’tirof etilganimdan juda quvondim, - deydi Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti 4-bosqich talabasi Zuhriddin Samadov - Institutda olgan bilimlarimni amaliyotda qo‘llaganim menga rag‘bat va ko‘nikma berdi. Kelgusida o‘z bilim va salohiyatimni ishga solgan holda mazkur ulkan majmuada faoliyat ko‘rsatish niyatidaman. Bu muavaffaqiyatga erishishimda ingliz tilida erkin gapira olishim qo‘l keldi. Chunki tanlov shartiga ko‘ra, o‘zim o‘qiydigan OTM haqida ingliz tilida hikoya qilib berdim, ingliz va rus tilida yozma  imtihon topshirdim va zavodning o‘zida yetuk mutaxassislar sinovidan o‘tdim.

Bugun ushbu dastur doirasidagi tanlovning barcha bosqichlari yakunlanib, “UZBEKISTAN GTL” zavodida iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Stipendiya dasturida  Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutidan 216 nafar talaba ishtirok etib, shundan 4 nafari g‘olib deb topilgani uchun institut jamoasiga minnatdorchilik bildirildi.

  O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    198
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+