"Ogahiy hayoti va ijodi - yoshlar tarbiyasi uchun namuna” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi

20.12.2021, 16:42

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universtiteti bilan hamkorlikda ulug‘ mutafakkir, serqirra ijodkor Muhammad Rizo Ogahiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan "Ogahiy hayoti va ijodi - yoshlar tarbiyasi uchun namuna” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida talaba yoshlarga Ogahiyning har bir g‘azali asosida haqiqatga intilish, insonga muhabbat, inson taqdiri uchun g‘amxo‘rlik orzusi yotishi haqida alohida ta’kidlab o‘tildi.

- Ogahiy ijodini kuzatar ekanmiz, uning lirikasi hanuzgacha o‘z ta’sir kuchini saqlab kelmoqda. Chunki u ma’lum tarixiy sharoitda o‘z xalqining ahvolini, ruhini, tushunchasini, real yorita bildi, - deydi partiyaning faol a’zosi Mahbuba Maripjonova. - Shu bilan birga, o‘z tabiat manzaralarini, turli fasllarini ifodalagan g‘azallari realligi tufayli hali bugun bizga chuqur estetik zavq beradi.

Tadbir she’rxonlik kechasiga ulanib ketdi, talaba-yoshlar Ogahiy ijodidagi insoniylikni tarannum etuvchi g‘azallaridan namunalar ijro etishdi.

  • Ko'rildi
    646
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+