O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi qoshida Faxriylar Kengashi ish boshladi

27.12.2021, 12:27

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi qoshida Faxriylar Kengashi ish boshladi

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi. Unda partiyaning Qoraqalpog‘iston  Respublikasi Kengashi,  tuman va shahar Kengashi  xodimlari ishtirok etdi. Majlisda dastlab 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda,  partiya tomonidan olib borilgan ishlar, natija va kamchiliklar muhokama qilindi.

Bugungi kunda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Kengashida 75 mingdan ziyod a’zolari bo‘lib, mingdan ziyod boshlang‘ich partiya tashkilotiga biriktirilgan holda faoliyat olib bormoqda. Yig‘ilishda har bir bo‘lim tomonidan olib borilgan targ‘ibot ishlari, deputatlarning faoliyati, partiyaviy loyihalar bo‘yicha qilingan ishlar tanqid-tahliliy sarhisob qilindi. Kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq rejalar belgilab olindi.

Davlatimiz rahbari rahnamoligida mamlakatimizda inson qadr-qimmati va sha’nini ulug‘lash, manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha bir qator amaliy islohotlar olib borilmoqda. Nuroniy otaxon va onaxonlarni, keksa avlod vakillarini qadrlash, ularga hurmat va e’tibor ko‘rsatish xalqimizga xos fazilat. Mahalla kuy ishlarida, tuy hashamlarda, jamoatchilik tadbirlarda ham yoshi ulug‘  insonlar tajribasiga tayanib, ularning maslahati bilan ish olib boriladi. Asrlar davomida  shakllanib, qadriyat darajasiga ko‘tarilgan bunday munosabat hozirgi kunda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Bu boradagi islohotlarda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar  harakati – O’zbekiston Liberal – demokratik partiyasi ham tashabbus ko‘rsatib kelmoqda. Hozirgi kunda partiya qoshida Faxriylar kengashi faoliyati  yo‘lga qo‘yilib, ularga ko‘pni ko‘rgan, hayotiy tajribaga ega nuroniylar rais etib saylanmoqda. Yig‘ilish kun tartibidagi keyingi masala ham partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi qoshida Faxriylar Kengashini tashkil etish  va unga rais saylash masalasi muhokama qilindi. Yig‘ilishda   partiyaning faol a’zosi, ko‘p yillik bilim va tajribaga ega  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining Keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari Tursыnbay Abdijabbarovning  nomzodi tavsiya qilindi va ko‘pchilikning ovozi bilan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.  Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar yoshi ulug‘ insonlarga nisbatan hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko‘rsatish ma’naviy hayotimiz va milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.

Tadbir yakunida eng faol tuman va shahar Kengashi apparat rahbarlari va partiya vakillariga Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  

Kengashi  matbuot  xizmati

  • Ko'rildi
    233
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+