"Mo‘ynachi - Qorako‘l" korxonasiga yoshlar uchun biznes-tur tashkil qilindi

27.12.2021, 16:48

Buxoro qorako‘li azaldan o‘z sifati va eksportbopligi bilan dunyoga tanilgan. Qorako‘l tumanidagi “Mo‘ynachi - Qorako‘l” ishlab chiqarish kichik korxonasida qorako‘l terisidan 10 dan ortiq mahsulot turlari  ishlab chiqariladi. Teri mahsulotlari bugungi kunda bir qator Germaniya, Italiya, Turkiya, Rossiya kabi xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda. Quvonarli jihati bu yerda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarning 15 nafarini yoshlar tashkil etadi.

O'zLiDeP Qorako‘l tuman Kengashi tashabbusi bilan yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha yoshlar va tadbirkorlarning turkum uchrashuvlari tashkil etib kelinmoqda. Shunday tadbirlar doirasida  tuman kengashi a’zosi Umidjon Hasanov rahbarlik qilayotgan 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilari bilan "Mo‘ynachi - Qorako‘l" korxonasi ishchilarining uchrashuvi o‘tkazildi. Korxonaning qo‘li gul tajribali ishchilari tomonidan yoshlarga mahorat-darslari o‘tib berildi. Bitiruvchi yoshlar ushbu tadbir davomida o‘zlari mehr qo‘ygan kasb bo‘yicha boshlang‘ich malakaga ega bo‘lib, kelgusida shu sohada ishlash va sohani yanada rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shish istagini bildirdilar.

  • Ko'rildi
    351
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+