Qashqadaryoda partiya qoshida Faxriylar Kengashi tuzildi

27.12.2021, 16:49

Qashqadaryoda partiya qoshida Faxriylar Kengashi tuzildi

Yurtimizda azal-azaldan keksalarni qadrlash, hurmatini joyiga qo‘yish ulug‘ qadriyat sanalgan. Bu an’ana bugungi kunda ham davom etmoqda. Ayniqsa, mamlakatimiz rahbarining oqilona siyosati tufayli yurtimizda keksa avlod vakillariga katta g‘amxo‘rliklar ko‘rsatilmoqda.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi qoshida Faxriylar Kengashining tuzilgani ham ana shu oqilona siyosat qo‘llab-quvvatlanayotganidan dalolat beradi. Partiya viloyat Kengashi qoshida Faxriylar Kengashi tuzish yuzasidan o‘tkazilgan ta’sis yig‘ilishida tuman va shahar Kengashlari apparat rahbarlari, partiya faollari va  faxriylar ishtirok etishdi.

Unda O'zLiDeP huzuridagi Faxriylar kengashining nizomi, maqsad, vazifalari hamda Faxriylar kengashi a’zolarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida partiyaning viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari  Arziqul Sherov fikr yuritdi.

Tadbirda partiyaning faol a’zosi, uzoq yillar xalq xo‘jaligi sohasida samarali xizmat qilgan, ayni paytda viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi vazifasida xizmat qilib kelayotgan Igor Tursunov nomzodi ko‘rsatildi va bir ovozdan tasdiqlandi.

Igor Tursunov bildirilgan yuksak ishonch uchun yig‘ilish ishtirokchilariga minnatdorlik bildirdi.  Shundan so‘ng Faxriylar Kengashining manzilli dasturi tuzildi va uni ijro etish yuzasidan vazifalar belgilandi.

  O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    348
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+