Deputat yoshlar bilan ochiq muloqotda bo‘ldi

06.01.2022, 16:38

Deputat yoshlar bilan ochiq muloqotda bo‘ldi

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan Urgut tumanidagi bir guruh faol yoshlar bilan “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in bahs-munozaralar ostida o‘tgan ushbu uchrashuvda Xalq deputatlari Urgut tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi rahbari B.Bekboyev o‘z faoliyati misolida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolariga “Yoshlar qanoti” guruhi a’zolarini biriktirish hamda yoshlarning muammolarini deputatlar orqali tizimli hal etib borish vazifalari belgilandi.

Shuningdek tadbirda “Yoshlar qanoti” guruhi a’zolarining tarkibini qayta ko‘rib chiqish, faol va tashabbuskor yoshlarni guruh a’zoligiga jalb etgan holda tumanda yoshlar qanoti faoliyatini samarali tashkil etish vazifalari ham belgilab olindi.    

Qodir Shoyimov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    384
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+