Vatan –muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!

10.01.2022, 12:17

Vatan –muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal- demokatik partiyasi Samarqand viloyat Kengashi tomonidan Cho‘ponota harbiy qismida Prezidentimizning “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosidan kelib chiquvchi partiya oldida turgan dolzarb vazifalar hamda “Vatan –muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida davra suhbati  tashkil etildi.

Davra suhbatida Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Mirzo Ixtiyorov ishtirok etdi va harbiylarni  O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklab, O’zbekistonimizning farovonligi va kun sayin rivojlanib, taraqqiy etishi yurtimizdagi  tinchlik va barqarorlikni saqlab turgan mard o‘g‘lonlarning hissasi borligini ta’kidlab o‘tishdi.

Milliy armiyamiz safida jismonan sog‘lom, dunyoqarashi keng yoshlar xizmat qilayapti. Iftixor bilan aytish mumkinki, O’zbekiston Qurolli kuchlari  tarixan qisqa davrda  murakkab shaklllanish yo‘lini bosib o‘tdi va bugungi kunda zamonaviy talablarga  javob beradigan, yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan armiya sifatida o‘zini namoyon etmoqda. Bugun yoshlar, ayniqsa sheryurak posponlarimizga qarab, qalblarimiz cheksiz faxrga to‘ladi, - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining yordamchisi Azim Haqqulov.

Shuningdek, tadbirda Prezidentimizning “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda yetti yo‘nalishdan iborat Taraqqiyot strategiyasining barcha yo‘nalishlari aholi farovonligi, inson qadrini ulug‘lash g‘oyasi mujassam ekanligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida shijoatkor harbiylarga partiya estalik sovg‘alari topshirildi.

  Nasiba Mo‘minova,

O’zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    572
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+