Deputatlik so‘rovi natijadorligi: Yo‘l ravon - manzil yaqin

19.01.2022, 11:16

Deputatlik so‘rovi natijadorligi: Yo‘l ravon - manzil yaqin

Prezidentimiz tomonidan 2022 yilning “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb e’lon qilinganligi Buxoro viloyati O’zLiDeP faollarining ham partiyaning dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda izchil ish yuritishga da’vat etdi. Ayniqsa, partiya hamda mahalliy Kengash deputatlarining joylardagi MFYlar bilan hamkorligi mustahkamlanib borilmoqda.

O`zLiDePdan xalq deputatlari Buxoro viloyat va shahar Kengashlari deputatligiga saylangan Halimjon Safarov o‘z saylov okrugidagi saylovchilarning murojaatlari bilan ishlashda aniq natijalarga erishmoqda.

Faol deputat tomonidan aholining haqli e’tirozlari bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga yo‘llayotgan deputatlik so‘rovlari tufayli, ko‘pchilikni qiynab kelayotgan muammolar birma – bir hal etilmoqda.

Ana shunday deputatlik so‘rovlaridan birining samarasi o‘laroq Buxoro shahrining F.Xo‘jayev MFY hududidagi bir qator ko‘chalarning 440 metrdan iborat ichki yo‘llari ta’mirlanib, asfalt yotqizildi. MFY o‘ramidagi xonadonlarda istiqomat qiluvchi aholi o‘z murojaatining faol deputat tomonidan e’tiborsiz qoldirilmaganligidan, ko‘cha yo‘llarini tekis va ravon bo‘layotganidan nihoyatda mamnun.

- Mazkur ichki yo‘llarni asfaltlashtirishni Davlat dasturiga kiritganimizdan birinchi o‘rinda shu mahallada yashovchi fuqarolar xursand bo‘lib, Buxoro shahrining 3-sektor rahbariyati, MFY raisi va menga, qolaversa, o‘z ishini sidqidildan bajarayotgan yo‘lsozlarga rahmat aytishayotgani bizlarni hamkorlikda yanada ko‘plab xayrli ishlarni qilishga undamoqda, – deydi deputat Xalimjon Safarov. - Deputat sifatida va hamkor tashkilotlar bilan birga olib borayotgan ishlarimizdan aholi mamnunligini his etib, xalqimizni har tomonlama rozi qilish maqsadida bundan keyin ham ish olib boraveramiz. Toki yurtdoshlarimiz ayrim sohada, shu jumladan kundalik turmushda ham biror bir muammoga duch kelmaydigan bo‘lishsin.

O`zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    283
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+