OʻzLiDeP PRESS KLUBI: Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi
27.01.2022, 10:20

“OʻzLiDeP PRESS KLUBI”ning navbatdagi sessiyasida
kelgusi 5 yilda mamlakatimizda dori-darmon va tibbiyot vositalari ishlab chiqarish miqdorini
80 foizga yetkazish, zamonaviy farmatsevtika klasterlari hamda zonalarini tashkil etish va mavjudlarini yanada rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Press-klubda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Mahalliy Kengashlar deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022 yil 21 yanvardagi “2022-2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-55-son farmonida belgilangan vaziflar, erishilishi kutilayotgan natijalar bilan birga, unda aks etgan barcha masalalarning mazmun-mohiyati jamoatchilikka keng qamrovli tushuntirildi.
2022-2026 yillarda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha prognoz parametrlariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish hajmi xozirgi 3,2 mlrd.so‘mdan 2026 yilda 8,2 mlrd.so‘mga, o‘zlashtirilgan mahsulotlar soni 3 350 tadan 5 100 taga, dori vositalariga bo‘lgan talabni qoblash darajasini 45 foizdan 80 foizga yetkazish, farmatsevtika mahsulotlari eksporti 60 mln.dollardan
130 mln.dollarga oshirish belgilandi.
Shu bilan birga, 2022-2024 yillarda umumiy qiymati
370 mln.dollarni tashkil etuvchi 72 ta farmatsevtika sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari hisobiga 3905 ta yangi ish o‘rinlarining yaratilishi sohaning rivojlanish ko‘rsatkichlarini bajarilishiga asos bo‘lib hisoblanadi.
Bundan tashqari, farmonga muvofiq farmatsevtika korxonalari uchun ko‘plab imtiyoz va imkoniyatlarning yaratilganligi, zamonaviy standartlarni qo‘llashdagi yengilliklar va ruxsat beruvchi hujjatlar sonini qisqartirilganligi sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga yanada yuksaltirishga zamin yaratmoqda.
Mutasaddilar tomonidan “Toshkent Farma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri tashkil qilinayotganligi hamda uning imkoniyatlari haqida axborotlar berildi.
Tadbir yakunida vazirlik va idoralar vakillari hamda OʻzLiDeP deputatlari bilan farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar yo‘l xaritasi ishlab chiqilishiga kelishib olindi.
O'xshash yangiliklar
-
O'zLiDeP ishchi guruhlari faoliyati tahlil qilindi
17.05.2022, 18:34
-
Qo‘shma majlis yakunlari bo‘yicha O'zLiDeP fraksiyasi rahbari A.Xaitov brifing o‘tkazdi
17.05.2022, 12:23
-
Qo‘shma yig‘ilishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish masalasi muhokama qilindi
17.05.2022, 12:07
-
G’alla yetishtirishda joriy etilayotgan yangi islohotlar
17.05.2022, 10:21
-
Deputat hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan birgalikda mahalladagi muammolarni o‘rgandi
16.05.2022, 15:33
Fikringizni qoldiring