Mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy va ommaviy sport tadbirlari tashkil qilinmoqda

03.02.2022, 16:54

Mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy va ommaviy sport tadbirlari tashkil qilinmoqda

Bugungi kunda fuqarolar yig‘inlarida aholi, uyushmagan yoshlar o‘rtasida ma’naviy - ma’rifiy va ommaviy sport tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish borasida mahallalarda samarali ishlar olib borilmoqda.

O’zLiDeP Asaka tuman Kengashi va hududidagi Yangiobod mahalla fuqarolari yig‘inidagi tuman xalq ta’limi bo‘limi tassarufidagi 47-umumta’lim maktabi jamoasi bilan hamkorlikda ma’naviy - ma’rifiy va ommaviy sport tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda partiya faollari, Faxriylar kengashi a’zolari, mehnat faxriylari, mahalladagi yoshlar, maktab jamoasi va sportga ishtiyoqi baland yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida tuman partiya qoshidagi Faxriylar Kengashi raisi Jamoliddin Axmatov davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar xususida so‘z yuritdi. Shuningdek, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarda O’zLiDePning o‘rni va roli, yoshlarni sport-sog‘lomlashtirish tadbirlariga keng jalb qilish, ular o‘rtasida jismoniy madaniyatni rivojlantirish kerakligini alohida ta’kidladi.

Mazkur tadbir ochilishidan so‘ng sport bellashuvlariga start berildi.

Yangiobod mahallasida joylashgan 47-sonli umumta’lim maktabida sportning futbol, stol tennisi, shaxmat, karate va kurash turlari bo‘yicha yoshlar o‘zaro bellashdilar.

Sportning aql mashqi deya atalgan shaxmat bo‘yicha mahalla nuroniylari ham ishtirok etdilar. Jumladan, shaxmat bo‘yicha “Yangiobod” mahalla faolaridan tashqari boshqa mahallalardan kelgan faxriylar kengashi a’zolari ham faol ishtirok etdilar. 

Bellashuvda g‘olib bo‘lgan yoshlarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi. Mazkur tadbir so‘nggida 25 nafar yoshlar safdoshlarimizga aylandilar.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    276
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+