Amudaryolik tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi

09.02.2022, 11:13

Amudaryolik tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi

O’zLiDeP Amudaryo tuman Kengashi apparat rahbari Madamin Kazakov va “Qilichboy” ovul fuqarolar yig‘ini raisi Bahrom Qodirov va boshqalar mazkur hududdagi tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashdi, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berib, ularning muammo va takliflarini tingladi.

Dastlab mas’ullar tadbirkor Jo‘shqin Jumamurodovning ishlari bilan  yaqindan tanishdi. U shifer, tunukafon mahsulotlari ishlab chiqarish  bilan birga maishiy texnikalar bilan  savdo qiluvchi do‘kon faoliyatini ham yo‘lga qo‘ygan, ya’ni o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni o‘z do‘konlarida sotadilar.

Bu bilan tadbirkor 8 nafar ham qishlog‘ini ish bilan ta’minladi.  Hududdagi yana bir tadbirkor Dilbar Begmurodova  non va non mahsulotlari  ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ovuldagi  barcha oshxonalar, maktabgacha  ta’lim  tashkilotlari, aholini issiq va xushta’m nonr va non mahsulotlari bilan ta’minlayotgan tadbirkorning ham, u jalb etgan yordamchilarning ham qo‘li-qo‘liga tegmaydi. Buyurtmalar ham shunga yarasha bo‘layapti. 

Nonvoyxona faoliyati bilan tanishgan mas’ullar tadbirkorga faoliyatini kengaytirishi mumkinligi, buning uchun imtiyozli kreditlar mavjudligi, tadbirkorlik qilib xalqimizning  koriga yarab  kelayotganalr uchun  yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirdilar, partiyaning tuman Kengashi ularni  doimo qo‘llab-quvvatlashini bildirib o‘tdilar.

Mazkur hududdagi yana bir tadbirkor Qo‘chqorboy Norimov o‘z tomorqasida issiqxona tashkil etib, qishda ham yoz ne’matlarini yetishtirayapti. Mas’ullar issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, ayni kunda barra piyoz yetishtirilib, bozorlarimizga chiqarilayotgani, bu bilan tomorqachi el dasturxoni to‘kinligiga munosib hissa qo‘shayotganini  ta’kidlashdi. 

Tadbirkor – yurtimizga madadkor degan ibora bejizga aytilmagan. O’z mehnatlari bilan  o‘zlarining turmushini obod etib,  yurtimiz taraqqiyotiga  ham munosib hissa qo‘shayotgan ishbilarmonlar tumanimizda ko‘p.

Elektoratimiz bo‘lgan tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda O’zLiDeP  doimo bosh-qosh bo‘lmoqda. 

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    487
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+