Izboskan tumanidagi hokim yordamchilari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

16.02.2022, 15:26

Izboskan tumanidagi hokim yordamchilari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Xabaringiz bor, respublikamizning barcha mahallalarida hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Andijon viloyati bo‘yicha barcha mahallalarda 880dan  ziyod hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lsa, shundan viloyatimizning  Izboskan tumanida 63 nafar  hokim yordamchilari faoliyat olib bormoqda.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashida Izboskan tumani mahallalarda ish boshlagan hokim yordamchilari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Hokim yordamchilari bilan ochiq muloqotda so‘z olganlar partiya  bilan hamkorlikda ish olib borish, ayniqsa mahallada aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, shu orqali ularning bandligini ta’minlash, partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalariga hamohangligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi xususida alohida to‘xtalib o‘tishdi.

-Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish mahallalardagi muammolarni kompleks o‘rganish, ularni hal etish yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rish orqali aholini rozi qilish maqsadida OʻzLiDePning Mahalliy Kengashlardagi deputatlari bilan doimiy  hamkorlik o‘rnatganmiz, - deydi “Do‘stlik” MFYdagi hokim yordamchisi Jahongir Ataxanov. -Xalq noiblari tomonidan o‘tgan ikki yil davomida mahallalarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, aniqlangan muammolar, ularni hal etish yuzasidan takliflar portfeli allaqachon shakllanib bo‘lgani faoliyatimiz davomida  muammolarni hal etishda samara bermoqda.

Uchrashuv so‘ngida Izboskan tumandagi “Do‘stlik”, “Guzar”, “Istiqlol”, “Bo‘ston” mahallalardagi hokim yordamchilari partiya safiga qabul qilindi va a’zolik guvohnomalari topshirildi.

 

  • Ko'rildi
    188
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+