Deputat tashabbusi: 137 nafar ehtiyojmand oilaga muruvvat ko‘rsatdi, 27 nafar fuqaroni ishli qildi
22.02.2022, 17:30
Xalq bilan doimo muloqotda bo‘lish, aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida 7-“Xontoq” saylov okrugi hududida Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashi deputati Omadjon Djonpulatovning doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi qabulxonasi tashkil etilib, saylovchilar murojaatlarini tinglab kelmoqda.
Birgina fevral oyi davomida qabulxonaga fuqarolar tomonidan 50 ga yaqin murojaatlar bildirilib, ularning aksariyat qismi ijobiy hal etildi.
Deputat qabulxonasiga bildirilayotgan har bir murojaatni to‘liq o‘rganib, uni ijobiy hal etilishi borasida olib borayotgan sa’y-harakatlaridan okrug hududidagi aholi vakillari mamnun bo‘lmoqda.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj 137 nafar oilani aniqlab, ularga muntazam kerakli oziq-ovqat maxsulotlari yetkazib berilishini ta’minladi. Shahardagi “Istiqlol” mahalla fuqarolari yig‘inida kambag‘allikdan chiqarish harakatlarini olib borib, 27 ta oiladagi fuqarolarni ish bilan ta’minlanishiga erishdi. Mahallada oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 21 ta loyiha tayyorlandi.
Xalq vakili joriy yilda ham saylovchilar bilan muloqotda bo‘lib, ularni qiynayotgan muammolarini hal qilishda davom etadi.
O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
-
Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
26.01.2024, 11:58
-
Boshqarma boshlig‘ining hisoboti eshitildi
25.01.2024, 15:34
-
Zominlik deputatlar tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisobotini eshitdilar
23.01.2024, 15:15
Fikringizni qoldiring