Deputat sport musobaqasi tashkil etdi

22.02.2022, 17:40

Deputat sport musobaqasi tashkil etdi

OʻzLiDeP Yozyovon tuman Kengashi raisining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman Kengashi deputati U.Dehqonov tashabbusi bilan uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha tuman birinchiligi sport musobaqasi o‘tkazildi.

Qizg‘in kechgan musobaqada 30 ta mahalla fuqarolar yig‘ini jamoalari ishtirok etdi.

Yakunda 1-o‘rin Xonobod MFY yoshlariga, 2-o‘rin esa Qotortol MFY yoshlariga nasib etdi. G’olib jamoalar va faol o‘yinchilar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Sh.To‘xtamatov,

OʻzLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi

matbuot kotibi.

  • Ko'rildi
    886
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+