Deputatlar ko‘prik qurilishini o‘rgandi

22.02.2022, 17:41

Deputatlar ko‘prik qurilishini o‘rgandi

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari Qoraqum mahalla fuqarolar yig‘ini hududida temir yo‘l ustidan o‘tgan (Quva-Marg‘ilon avtoyo‘li) 1980 yilda qurilgan 223 metr uzunlikdagi ko‘prikni kapital ta’mirlash bo‘yicha “Farg‘ona yo‘l qurilish” MChJ tomonidan olib borilayotgan ishlarni o‘rgandilar.

Unda deputatlar tashkilot mas’ullariga ko‘prikni sifatli ta’mirlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdilar.

O’rganish davomida deputatlar ta’mirlash ishlariga jalb etilgan tashkilot mutaxassislari bilan ularga yaratilgan sharoitlar yuzasidan suhbat ham o‘tkazdilar.

Sh.To‘xtamatov,

O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi

matbuot kotibi.

  • Ko'rildi
    623
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+