Quyi bo‘g‘inlarning joriy yilgi ish-rejalari tasdiqlab olinmoqda

24.02.2022, 15:27

Quyi bo‘g‘inlarning joriy yilgi ish-rejalari tasdiqlab olinmoqda

Marhamat tumani Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi qoshida faoliyat yuritayotgan partiya quyi bo‘g‘inining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda BPT bilan ishlashda ularning samaradorligini oshirish, a’zolarining sifat tarkibini yaxshilash, partiya elektorati uchun tegishli biznes muhitini yaratish, shuningdek, quyi bo‘g‘inning o‘tgan yilda amalga oshirgan ishlari sarhisob qilinib, joriy yilda tayanch nuqta oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

–Tayanch nuqtalar fuqarolarning talab-ehtiyojlari va muammolaridan yaxshi xabardor bo‘lishi kerak. U aholi bilan partiya o‘rtasidagi ko‘prik, – deydi BPT raisi Abduraxmon Abdullayev – Quyi bo‘g‘inlar qanchalik faol bo‘lsa, partiyamizga ishonch ham shunchalik kuchayadi. Shu bois, imkon qadar ko‘p vaqtimizni odamlar orasida o‘tkazishga, fuqarolarni o‘ylantirib kelayotgan muammolarni deputatlik guruhlari bilan birgalikda hal etishga jiddiy e’tibor qaratamiz.

Shuningdek, yig‘ilishda hisobotdan tashqari kun tartibiga kiritilgan BPT raisi va uning o‘rinbosarini saylash, quyi partiya tashkilotining 2022 yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish so‘ngida ishonchni oqlagan A.Abdullayev BPT raisligiga qayta saylandi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    643
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+