Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol

09.04.2024, 20:15

Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol

O’zLiDeP Narpay tuman Kengashi tarkibida ham 70 ta partiya boshlang‘ich tashkiloti bo‘lib, o‘z atrofida 6 mingga yaqin a’zolarni birlashtirgan.

Tuman maktabgacha va maktab ta’limida tashkil etilgan yig‘ilishda partiya boshlang‘ich tashkilotining 2023 yil faoliyati tahlil etildi. Partiya boshlang‘ich tashkiloti raisining hisobotida qayd etilishicha, bugungi kunda tuman xalq ta’limi tizmida 70 ta maktablar bo‘lib, 2000 dan ortiq pedagoglar faoliyat yuritadi.

Shuningdek, yig‘ilishda “O’zbekiston-2030” strategiyasi va “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda quyi bo‘g‘inning ish rejasi tasdiqlab olindi va boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda partiya deputatlik guruhi bilan o‘zaro hamkorlik borasidagi vazifalari to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan ham ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir yakunida maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi Azim Tojiyev boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi etib saylandi.

Abror Qarshiyev,

O’zLiDeP Narpay tuman Kengashi

apparat rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    29
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+