Quyi bo‘g‘inlarda hisobot – saylov yig‘ilishlari davom etmoqda

28.03.2024, 16:37

Quyi bo‘g‘inlarda hisobot – saylov yig‘ilishlari davom etmoqda

Urgut erkin iqtisodiy zonasida joylashgan “Urgut mikro Metal”  MCHJ qoshidagi partiya quyi bo‘g‘inida hisobot – saylov yig‘ilishi tashkil etildi.

Yig‘ilishda O‘zLiDeP viloyat Kengashi masʼullari, mazkur korxona ishchi xodimlari, partiya azolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda so‘z olganlar “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi va “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga qaratishdi. Ushbu vazifalardan kelib chiqib BPTning 2024 yildagi ish rejasi tasdiqlandi.

Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib, BPT raisligiga Shahob Mirboboyev qayta saylandi.

Maʼlumot o‘rnida, mazkur ishlab chiqarish korxonasi 2019 yilda tashkil topgan bo‘lib, ayollar va bolalar shaxsiy shaxsiy gigiyena mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Korxonada 40 nafar ishchi xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Quvonarlisi korxona asosan Ayollar daftarida ro‘yxatda turgan  xotin – qizlarni ish bilan taʼminlab kelmoqda.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlar O‘zbekiton ichki bozorlari va qo‘shni Tojikiston va Qirg‘izistonga eksport qilinmoqda.

Yig‘ilishdan so‘ng partiya aʼzolari yaxshi niyatlar bilan manzarali daraxtlar ekishdi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    27
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+