Xotin-qizlarga kasb-hunar o‘rgatish maqsadida 2 kunlik seminar tashkil qilindi

14.03.2022, 16:15

Xotin-qizlarga kasb-hunar o‘rgatish maqsadida 2 kunlik seminar tashkil qilindi

“Tadbirkor ayol” O’zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Buxoro viloyat hududiy bo‘limida faoliyat yuritib kelayotgan BPT tashabbusi bilan “O’z ishingni boshla va takomillashtir" mavzusida ikki kunlik o‘quv seminar tashkil qilindi.

Tadbirda xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, bilim va ko‘nikmalarini  oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish xususida hamda partiyaning  saylovoldi platformasida belgilangan  ustuvor maqsad va vazifalar xususida atroflicha fikrlar almashildi.

Tadbir davomida 25 nafar xotin-qizlar hamda 3 nafar biznes - trenerlar va usta-trenerlar ishtirok etishdi. Tadbir ishtirokchilari biznes sohasida bilimlar va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

  • Ko'rildi
    682
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+