Hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari partiya safiga qabul qilindi

14.03.2022, 16:40

Hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari  partiya safiga qabul qilindi

O’zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi hamda Uchko‘prik tuman Kengashi tomonidan Uchko‘prik tumani hududida joylashgan Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasida partiyaning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, tumandagi 53 ta mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari ishtirokida uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi.

Tadbirda Uchko‘prik tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Akmaljon Mahmudaliyev ishtirok etib, so‘nggi yillarda tumanda olib borilayotgan islohotlar haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Shuningdek, partiyaning viloyat Kengashi xodimi M.Asronqulova tomonidan partiyaning maqsadi va vazifalari ya’ni, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, mazkur sub’ektlarga to‘liq erkinlik berish, huquqlarini himoya qilish va mavqeini yanada kuchaytirish, qulay shart-sharoitlarni yaratish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga energiya va suv resurslarni tejaydigan, kam chiqitli, ekologik toza innovatsion texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari haqida ma’lumotlar berdi hamda aholi ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yo‘nalishlarida partiya a’zolarini faollikka chaqirdi.

Tadbir davomida mahallalardagi 46 nafar hokim yordamchilari va 16 nafar yoshlar yetakchilariga partiyaga a’zolik guvohnomalari va ko‘krak nishonlari topshirildi.

Shundan so‘ng Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasida joylashgan PIPYeTOO bolalalar tagliklari va ayollar gigena vositalari ishlab chiqarish mas’uliyati cheklangan jamiyatga sayyohat qilindi. Tadbirkorlik sub’ektining ish jarayonlari va sharoitlari bilan tanishtirildi.

Usmonjon G’ulomov,

O’zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi xodimi.

  • Ko'rildi
    355
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+