Hisobot-saylov yig‘ilishida BPT safiga yana o‘n nafar yangi a’zolar qo‘shildi

15.03.2022, 16:09

Hisobot-saylov yig‘ilishida BPT safiga yana o‘n nafar yangi a’zolar qo‘shildi

“Jizzax plastmassa” AJda tashkil etilgan Boshlang‘ich partiya tashkiloti nafaqat Jizzax shahridagi, balki viloyatdagi yetakchi partiya quyi bo‘g‘inlardan biri hisoblanadi.

114 nafar maslakdoshlarimizni jamlagan ushbu BPTga bir necha yildirki, xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati Elyor To‘raqulov raislik qilib kelmoqda.

Quyi bo‘g‘in faollari har bir ishda bo‘lgani kabi, hisobot-saylov yig‘ilishiga ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rganlari tadbir davomida yaqqol bilinib turdi.

Dastlab, yetakchi hisoboti eshitildi. Hisobot davrida quyi bo‘g‘in a’zolari  tadbikorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini hal etish, shuningdek, hududdagi fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishda   samarali faoliyat olib borishdi. 

Aynan partiyaviy vositalar bilan hududdagi “Xayrobod” MFYdagi “Beruniy” ko‘chasining 500 metriga shag‘al qorishmasi hashar yo‘li bilan yotqizilishida, “Fayziobod” mahalla fuqarolar yig‘ini binosining qayta ta’mirlanishida, shuningdek, hududdagi  150 ta muhtoj xonadonlarning har biriga 285 ming so‘mdan jami 43,0 mln. so‘mlik sakkiz xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining beg‘araz yordam sifatida tarqatilishida maslakdoshlarimizning, ayniqsa BPT yetakchisi Elyor To‘raqulovning xizmatlari katta bo‘ldi. Shu sababmikin, quyi bo‘g‘in a’zolari bir ovozdan uni yana raislikka qayta saylashdi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hisobot-saylov yig‘ilishida yutuq va muvaffaqiyatlarga emas, balki amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalarga ko‘proq e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish so‘ngida BPT safiga yana o‘n nafar yangi a’zolar tantanali ravishda qabul qilindi.

Iroda Mamatqulova,

O‘zLiDeP Jizzax shahar Kengashi

apparat rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    203
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+