120 nafar a’zosi bo‘lgan “BCT Cluster” MChJ qoshidagi BPTning faoliyati sarhisob qilindi

29.03.2022, 17:35

120 nafar a’zosi bo‘lgan “BCT Cluster” MChJ qoshidagi  BPTning faoliyati sarhisob qilindi

Romitan tumanidagi “BCT Cluster” MChJda o‘tkazilgan hisobot-saylov yig‘ilishida 120 nafardan iborat boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari  tomonidan keyingi bir yilda amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritish bilan birga Taraqqiyot strategiyasining aynan agrar sohani, jumladan xom ashyodan sifatli mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan ustuvor vazifalari bo‘yicha ham tegishli fikr-mulohzalar yuritildi.

Mazkur MChJda bugungi kunda 3100 nafar kishining bandligi ta’minlangan. Hozirgi paytda bu yerdagi 6800 gektar maydon paxta yetishtirishga 1200  gektar maydon esa  g‘alla yetishtirishga mo‘ljallangan. O’tgan 2021 yilda 20827 tonna paxta, 4740 tonna bug‘doy  yetishtirilib ayniqsa paxta xom ashyosini qayta ishlashda aniq natijalarga erishildi. Chigit alohida ajratilib olinib sifatli tola “BUXORO COTTON” tekstil agrokompleksiga jinsi shimlar erkaklar va ayollar kiyimlari va boshqa buyumlar ishlab chiqarishga jo‘natilmoqda.

Yig‘ilishda tuman Kengashi apparati rahbari N.Voxitov ishtirok etib kun tartibidagi asosiy masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bidirib o‘tdi. Hisobot saylov yig‘ilishida BPTning yangi raisi saylanib, Mexriniso Jo‘rayevaga yuksak ishonch bildirildi. Ko‘rilgan masalar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi. BPT ning hisobot davridagi faoliyati ijobiy baholandi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    343
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+