Qahramonlarning hayoti yoshlarga ibrat...

07.04.2022, 14:30

Qahramonlarning hayoti yoshlarga ibrat...

O’zbek xalqida azal-azaldan keksalarga hurmat-e’tiborda bo‘lish, ularni asrab-avaylab, maslahatlariga, nasihatlariga quloq tutish insoniylik xususiyatlaridan biridir. Andijon shahrida «Inson qadri ulug‘langan yurtning ertasi ham ulug‘dir!» shiori ostida tadbir tashkil etildi. Ulug‘ ayyom kunlarida yozilgan iftorlik dasturxoni atrofida «O’zbekiston Qahramon»lari, nuroniylar hamda ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy jabhalarda yosh avlod vakillariga o‘rnak bo‘layotgan keksa avlod vakillari hamda yoshlar jam bo‘ldilar.

Tadbirda so‘z olganlar jasorat sohiblarining katta xizmatlari haqida so‘z yuritishdi. Shuningdek, keksalarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko‘rsatish ma’naviy hayotimizning tom ma’noda ajralmas qismiga aylanganligini aytib o‘tdi. Bu esa yoshlarning tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, kechada O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qoshida tashkil qilingan Faxriylar Kengashi raisi Sodiqjon Turdiyev keksalarimiz yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etishi xususida atroflicha so‘z yuritdilar.

Tadbir davomida nomlari qayd etilgan Qahramonlarning ibratli hayoti, vatanimiz ravnaqi, uning saodati, yurt kelajagi, shahar va qishloqlarimiz obodligi yo‘lida qo‘shgan munosib hissalarini o‘zida aks ettirgan videofilmlar namoyish etildi. Vatan, uning kelajagini madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar davraga yanada fayz kiritdi. Tadbir ishtirokchilariga viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    603
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+