Deputat sa’y-harakati bilan mahalla ko‘chasi ta’mirlandi

25.04.2022, 15:14

Deputat sa’y-harakati bilan mahalla ko‘chasi ta’mirlandi

Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashiga O'zLiDeP dan saylangan deputat Dilmurod Ahadov o‘z saylov okrugi hududini obodonlashtirish, xususan, ta’mirtalab bo‘lib qolgan yo‘llarni epaqaga keltirish borasida ham muayyan natijalarga erishilmoqda.

Faol deputatning sa’y-harakati bilan tegishli tashkilot rahbariyatiga yuborilgan deputatlik so‘rovi natijasida A.G’ijduvoniy MFY hududidagi Shirbudin ko‘chasining 800 metrdan iborat qismiga asfalt qilib berildi. Yuzlab odamlar qatnaydigan ushbu yo‘l yangicha qiyofa kasb etdi. Hududda yashovchi aholi bu qulaylikdan juda mamnun.

Deputat shu kabi amaliy ishlari bilan xalq muammolariga ijobiy yechim topishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Bu o‘z-o‘zidan saylovchilarning o‘zlari ovoz bergan deputatga bo‘lgan ishonchlarini yanada mustahkamlamoqda.

  • Ko'rildi
    548
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+