Ulug‘nor tumanida 32 nafar hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari partiya safiga qo‘shildi

27.04.2022, 13:41

Ulug‘nor tumanida 32 nafar hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari partiya safiga qo‘shildi

O`zLiDeP Andijon viloyati Kengashi tashabbusi bilan Ulug‘nor tumanida ish boshlagan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan muloqot tashkil qilindi.

Uchrashuvda partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda partiyaning o‘rni va roli xususida fikr-mulohazalar bo‘lib o‘tdi.

- O`zLiDeP ning maqsad va vazifalarining har bir bandida faoliyati aks etadigan hokim yordamchilari avvaldan partiyamizning faollari edi, -deydi partiya viloyat Kengashi apparat rahbari Xojimuhammad Xasanxonov. – Hokim yordamchilarining mazkur lavozimda ish boshlashi, bevosita partiyadagi faoliyatimizga mosligi ham fikrlarimizning bir joydan chiqishiga sabab bo‘ldi.

Targ‘ibot tadbiri yakunida Ulug‘nor tumanidagi mavjud 24 ta mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari partiya a’zoligiga qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    320
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+