Xivalik hokim yordamchilarning 17 nafari O'zLiDePni tanladi

10.05.2022, 16:22

Xivalik hokim yordamchilarning 17 nafari O'zLiDePni tanladi

Hozirgi kunda partiya safida a’zolar soni kun sayin ortib bormoqda va bunday tadbirlar tuman va shahar kengashlarida muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi partiyaga yangi a’zolarni qabul qilish jarayoni Xiva shahrining "Qiyot" mahallasida ko‘tarinki tarzda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda  partiya viloyat kengashining raisi Islom Fayzullayev, viloyat kengashi mas’ul xodimi Shuxrat Atajanov va va Xiva shahar kengashining mas’ul xodimi Sadoqat Ro‘zmetovalar ishtirok etdi.

Hokim yordamchilari bugungi oqilona siyosatni to‘g‘ri anglab, eng oqilona tanlovni amalga oshirdilar, ya’ni hokim yordamchilaridan 21 nafaridan 17 nafari O'zLiDePni tanladi. Partiya viloyat kengashi raisi qo‘lidan ular partiya a’zolik guvohnomalarini mamnuniyat bilan qabul qilib oldilar.

Uchrashuv yakunida hokim yordamchilarining kelgusi faoliyatida partiyamiz Dastur va maqsadlariga uyg‘un ravishda ish olib borishlari ularning samimiy so‘zlarida o‘z ifodasini topdi.

  • Ko'rildi
    388
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+