Deputat qabuli davom etmoqda

13.05.2022, 12:53

Deputat qabuli davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamoliddin Meliboyevning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallalar aholisi bilan sayyor qabullari davom etmoqda.

“Bahor”, “Nodirabegim”, “Katta Yalang‘och” mahalla fuqarolari bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi deputat qabulida og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan qarovchisi bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan, shuningdek, uzoq muddatdan beri betob bo‘lib yotgan nochor fuqarolar, surunkali kasallikka chalingan, dori-darmonga muhtoj oilalar, jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun yetarlik mablag‘i bo‘lmagan nochor oilalar o‘z murojaatlari bilan qatnashdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning barchasi o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rildi.

  • Ko'rildi
    321
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+