Davlatimiz mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash borasida qilinayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi

16.05.2022, 15:18

Davlatimiz mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash borasida qilinayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi

Mudofaa vazirligiga qarashli Buxoro garnizoni 28803-harbiy qismda O’zLiDeP viloyat Kengashi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari hamda Faxriylar kengashi bilan hamkorlikda “Davlatimiz mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, uning imkoniyatlari va qobiliyatini kuchaytirish” mavzusida targ‘ibot guruhi a’zolari, partiya faollari, harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning mazmun-mohiyati hamda strategiyadagi 90-maqsad xususida batafsil so‘z yuritildi.

Uchrashuvni kirish so‘zi bilan ochgan partiya viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati  Bobomurod Ochilov Taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo‘lini, shuningdek, UzLiDeP g‘oya va maqsadllarini aholining keng qatlamlariga yetkazish va istiqlol yillarida xalqimiz hayoti va yurtimiz taraqqiyotini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqqan islohotlarning mazmun–moxiyatini harbiylar va yoshlar ongiga yetkazish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

 Shuningdek, davra suhbatida so‘z olganlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida eng avvalo inson qadrini ulug‘lash tamoyili mujassam ekanligini ta’kidladilar. Taraqqiyot strategiyasidagi 90-,91- va 92-maqsadlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Ushbu maqsadlar o‘z mazmun-mohiyati bilan harbiy xizmatchilar, ular oila a’zolarining ijtimoiy  himoyasini har tomonlama kuchaytirish, favqulodda vaziyatlar oldini olish va bartaraf etishning samarali tizimini yaratishda katta ahamiyatga ega ekanligini qayd etdilar.

 Tadbir davomida fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlash masalasi yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

 Davra suhbatida hozir bo‘lgan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga tashkilotchilar tomonidan batafsil javoblar berildi.

  • Ko'rildi
    430
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+