O‘zLiDeP vakillari aholi bandligini ta’minlash holatini o‘rgandi

23.05.2022, 15:38

O‘zLiDeP vakillari aholi bandligini ta’minlash holatini o‘rgandi

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi mas’ul xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari va yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda Vobkent tumanidagi qator MFYlarda bo‘lib, aholi xonadonlarida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tumanda 2020-2022 yillar davomida 2598 ta ehtiyojmad oilalar va 10 142 nafar oila a’zolari hamda ularning 3104 nafar mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolari “Temir daftar”ga kiritilgan bo‘lib, shu kungacha ularning bandligi to‘liq ta’minlandi.

Ayniqsa, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, fuqarolarni jamoat ishlariga jalb etish, ularning sanoat loyihalaridagi ishtirokini ta’minlash va boshqa yo‘nalishlarda aholi bandligini ta’minlash yuzasidan kutilgan natijalarga erishilgan.

Qo‘shimcha daromad manbai yaratish maqsadida “Temir daftar” va “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari” ro‘yxatlariga olingan 432 nafar fuqarolarga subsidiya asosida duga usulidagi issiqxona qurib berilgan, 426 nafariga ijara asosida yer ajratilgan.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida “Temir daftar” ro‘yxatida turuvchi 2488 ta oilalar va 9791 nafar oila a’zolari hamda ularning 3103 nafari mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolari ro‘yxatdan chiqarildi.

Tuman bo‘yicha 29 ta xonadonga jami 34,1 mln.so‘mlik bir sotixli duga usulidagi issiqxonalar qurib berilgan. Bu boradagi ishlar ayniqsa, hududdagi “Mirvoshi” MFYda talab darajasida tashkil etilgan. Ushbu MFYda 572 ta yoshlar bo‘lib, ularning 8 nafariga “bir konturga-bir mahsulot” tamoyili asosida 10 sotixdan jami 80 sotix yer ajratib berilgan. Bugungi kunda ushbu ekin maydonlariga qovoq, tarvuz, makkajo‘xori, loviya, kartoshka, sabzi ekilib parvarish qilinmoqda. Shuningdek, tumanning “Chorobod” qishlog‘ida yashovchi Anor Xo‘jayeva hamda Kumush Mustafoyevalarga ham 10 sotixdan yer maydoni ajratilib, ushbu maydonlarda ham poliz mahsulotlari yetishtirilyapti.

Mahalliy Kengash deputati Nodir Qo‘ldoshev hamda “Mirvoshi” MFYdagi yoshlar yetakchisi Mardon Shukrullayevlarning o‘z vakolatlari doirasidagi ibratli ishlari aholi, ayniqsa ayollar va yoshlar bandligini ta’minlashda xizmat qilmoqda.

  • Ko'rildi
    400
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+