Senator stipendiyasi o‘quvchilar uchun rag‘batdir

24.05.2022, 15:27

Senator stipendiyasi o‘quvchilar uchun rag‘batdir

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi dasturi hamda Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda yoshlarning o‘rni va roli alohida ahamiyatga ega.

Ayni shu maqsadda O’zLiDeP faoli, Oliy Majlis Senati a’zosi, Namangan shahridagi “ANAMED” tibbiyot diagnostika markazi rahbari Nosirbek Abdullaxonov o‘tgan yili yurtimizdagi ta’lim muassasalarida birinchilardan bo‘lib “Senator stipendiyasi”ni ta’sis etgan edi.
Senatorning tashabbusi bilan o‘tgan fursat mobaynida Namangan shahrida joylashgan 2 ta o‘quv dargohi - akademik Maxmud Saloxiddinov nomidagi 4-sonli matematika faniga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi va 46-sonli umumta’lim maktabida ta’lim olayotgan bilimli, iqtidorli, zukko o‘quvchilarga har oy 250 ming so‘mdan stipendiya taqdim etib kelinmoqda. Shuningdek, mazkur ilm maskanlarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kitob, o‘quv qurollari kabi esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirilayapti.

Yaqinda ushbu 2 ta maktabning a’lo baholarga o‘qiyotgan 14 o‘quvchisi “Senator stipendiyasi”ga munosib ko‘rildi.

- Stipendiyaga loyiq topilganimdan judayam xursandman, bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik bizga kuch-quvvat, g‘ayrat-shijoat bag‘ishladi, - deydi 46-maktab o‘quvchisi Oydina Adhamjonova. – Bundan ruhlangan holda yanada faol bo‘lishga, fanlarni yaxshi o‘zlashtirib, o‘quv yilini a’lo baholarga tugatishga, kelajakda Vatanimiz ravnaqi uchun hissa qo‘shadigan barkamol inson bo‘lish uchun astoydil intilamiz.

  • Ko'rildi
    258
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+