Urganch bozoridagi narx-navo barqaror va cho‘ntakbop

24.05.2022, 17:50

Urganch bozoridagi narx-navo barqaror va cho‘ntakbop

“Urganch markaziy dehqon bozori” AJ da 1 kg go‘sht 50-55ming so‘m, sabzi 1-2,5 ming so‘m, kartoshka 3-5 ming so‘m, 1 litr o‘simlik moyi 16 ming so‘mdan sotilmoqda.

Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat yordamchisi Q.Bekmatov hamda O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi mas’ullari tomonidan dehqon bozorida olib borilgan o‘rganishlar davomida ma’lum bo‘ldi. Shuningdek bozor hududida viloyatning barcha hududlaridan tashrif buyurgan fermer va dehqon xo‘jaliklariga o‘z mahsulotlarinii sotishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, 18 ta savdo rastalari va 11 ta savdo yarmarka do‘konlari aholiga xizmat qilmoqda.

Bozordagi narx-navo barqarorligini ta’minlashda “Urganch markaziy dehqon bozori” AJ dagi hokimliklar, viloyat prokuraturasi huzuridagi departament va boshqa idora tashkilotlar tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Nigora Abdumutalova

O’zDJTU talabasi

  • Ko'rildi
    635
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+