Olmazorlik ishbilarmon ayol 210 ta ish o‘rin yaratib, 20 dan ziyod mahsulotlarni eksport qilayapti

27.05.2022, 15:44

Olmazorlik ishbilarmon ayol 210 ta ish o‘rin yaratib, 20 dan ziyod mahsulotlarni eksport qilayapti

“Ishbilarmon ayol - 2022” ko‘rik-tanlovining Olmazor  tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi va g‘oliblari aniqlandi. Tadbirda Olmazor tumanidagi tadbirkor, ishbilarmon va hunarmand xotin-qizlar o‘z mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan qatnashdi

Ko‘rik-tanlovda 3-o‘rinni “Kamola” tekstil korxonasining rahbari Kamola Xaitboyeva, 2-o‘rinni ikkita tadbirkor “Yangi hayot xayriya fondi”, “Dilbar Fayz”  MChJ rahbari Dilbar Rasulova va  “Nazokat” hattotlik o‘quv markazi rahbari Nazokat Shermatova qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 1- o‘rinni esa 20 dan ziyod mahsulotlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan, 210 nafar ish o‘rin yaratgan, un mahsulotlaridan yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Musa” MChJ rahbari  Nargiza  Sharipova egalladi.

Tadbir so‘ngida 10 nafar tadbirkor ayollar partiya safiga qabul qilindilar va ularga partiya guvohnomasi berildi. Shuningdek, O’zLiDeP Olmazor tumani Kengashi raisi, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi rahbari Anvarjon Shermuratov “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Olmazor tuman bosqichi  ishtirokchilari va g‘oliblariga partiyaning diplomi,  tashakkurnomalarini hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

  • Ko'rildi
    619
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+