“Ishbilarmon ayol-2022” ko‘rik-tanlovining O’zbekiston tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi

30.05.2022, 16:53

“Ishbilarmon ayol-2022” ko‘rik-tanlovining O’zbekiston tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi

O’zbekiston tumanida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “Ishbilarmon ayol–2022” ko‘rik-tanlovining O’zbekiston tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda dastlab tadbirkor, hunarmand va ishlarmon ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Tanlovda tuman sektor rahbarlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi, O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi Mavludaxon Xodjayeva, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat  hakamlar hay’ati ishtirokchilarning ishlari bilan yaqindan tanishib, adolatli baholab borishdi. 

Ta’kidlash joiz, ishtirokchilarning loyiha nizomiga muvofiq, xotin-qizlar uchun qo‘shimcha yangi ish o‘rni yaratganligi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb bo‘yicha o‘qitgan, bandligini ta’minlagan va hayotda o‘z o‘rnini topib ketishida ko‘maklashganligi, faoliyat turidan kelib chiqib eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish, aholiga ko‘rsatayotgan xizmatining sifati hamda faoliyatida hayotga tatbiq etib kelayotgan yangi innovatsion g‘oyalari ham baholashda alohida e’tiborga olindi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra “Marxamatxon” ustoz-shogird kasb-hunarga o‘qitish markazi rahbari, gilamdo‘z usta Muhabbatxon G’ofurova 3-o‘rinni, YaTT “Lolaxon xoji ona gullari” rahbari, gulchilar oilasi bekasi Lolaxon Sherg‘oziyeva 2-o‘rinni egallashgan bo‘lsa, “Universal international business” MChJ rahbari, tadbirkor ayol Feruzaxon Mamatqulova 1-o‘rinni qo‘lga kiritib tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik faoliyatlarida salmoqli yutuqlarga erishib, aholi bandligiga ko‘maklashishda faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh faol tadbirkor ayollar ham turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.

Ishbilarmon ayollarga partiya va hamkor tashkilotlarning diplom va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

  • Ko'rildi
    957
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+