Yashnobodlik ishbilarmon ayol 50 nafar ishsiz xotin-qizlarni ishli qildi

08.06.2022, 14:22

Yashnobodlik ishbilarmon ayol 50 nafar ishsiz xotin-qizlarni ishli qildi

“Ishbilarmon ayol - 2022” ko‘rik tanlovining Yashnobod tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tumandagi ishbilarmon, tadbirkor xotin-qizlar o‘z mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan ishtirok etishdi. 

“Ko‘rik tanlovning Yashnobod tuman bosqichida 3-o‘rinni Karimova Maloxat, 2-o‘rinni Urunova Malika, 1- o‘rin sohibasi Yo‘ldosheva Arofat g‘olib deb topildi. Yo‘ldosheva Arofat opa   “Ayollar daftari”ga kiritilgan 50 nafarga yaqin ayollarni bandligini ta’minlab, ko‘plab oilalarning xonadonlariga  daromad olib kirilishiga sababchi bo‘lmoqda. Kelgusida faoliyatini kengaytirish istagida bo‘lgan tadbirkor ayol qo‘g‘irchoqlar ishlab chikarishdan tashqari sumkalar va oyoq kiyimlarni ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. 

  • Ko'rildi
    310
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+