Konstitutsiyaviy islohotlar: Xususiy mulk daxlsizligini qat’iy belgilab qo‘yish borasida taklif bildirildi

13.06.2022, 17:13

Konstitutsiyaviy islohotlar: Xususiy mulk daxlsizligini qat’iy belgilab qo‘yish borasida taklif bildirildi

Buxoro viloyati korxona va tashklotlari hamda o‘quv muassasalarida  O’zLiDeP mas’ullari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ushbu yo‘nalishdagi davra suhbati Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida tashkil qilindi. Unda mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari hamda faxriylar Kengashi a’zolari, institutning professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir kun tartibidagi “Bosh Qomusimizni bugungi real voqelikka  moslashtirish - Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasi uchun mustahkam  huquqiy poydevordir" mavzusi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Mavzu bo‘yicha batafsil so‘z yuritgan institut dotsenti, tarix fanlari nomzodi To‘ymurod Xudoyqulov Taraqqiyot strategiyasi milliy rivojlanishimizda  “inson, jamiyat, davlat” degan yangi tamoyil ustuvorligi, bugungi ulkan o‘zgarishlar mamlakatimizdagi  o‘rta sinfning asosini  tashkil qiluvchi siyosiy kuch O’zLiDeP manfaatlariga to‘la mos kelishini alohida ta’kidladi.

Davra suhbati ishtirokchilari Konstitutsiyaga o‘z taklif va qo‘shimchalarini bayon etdilar .

-  Mamlakatimizda garchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochilgan bo‘lsa-da hali ham ayrim joylarda sohaning boshlovchi xodimlariga  yetarli e’tibor berilayotganligi yo‘q, - dedi jumladan o‘z so‘zida O’zLiDeP Buxoro shahar Kengashi raisinig ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari   Mamlakat Sodiqova. – Bu ayniqsa yosh tadbirkorlar duch kelayotgan soliq to‘lovlari masalasida yaqqol ko‘zga tashlanayapti .

Partiya shahar Kengashi raisining o‘rinbosari Mohigul Navro‘zovaning fikricha, amaldagi Konstitutsiyaning  27-moddasiga qo‘shimcha tarzda “ijtimoiy tarmoqlarda inson sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga qonun bilan yo‘l qo‘yilmaydi” degan ibora kiritilsa maqsadga muvofiq bo‘lgan bo‘lardi. Fuqarolarning ichki ishlar bo‘limlari mas’ullari bilan yuzma-yuz uchrashuvi  va muloqoti onlayn tarzida o‘tkazilsa nur ustiga nurdir.

Barcha taklif va qo‘shimchalar tegishli tarzda O’zLiDeP viloyat Kengashiga  yuboriladigan bo‘ldi .   

Asxor ISTAMOV

“XXI asr” gazetasi muxbiri

  • Ko'rildi
    395
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+