Konstitutsiyaviy islohotlarga oid qonun loyihasi mahallalarda ham keng muhokama qilinmoqda

06.07.2022, 16:48

Konstitutsiyaviy islohotlarga oid qonun loyihasi mahallalarda ham keng muhokama qilinmoqda

O`zLiDeP Do‘stlik tuman Kengashi faollari hamda deputatlar tomonidan tumandagi mavjud mahallalarda Konstitutsiyaviy islohotlarga oid qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil qilinmoqda.

Ayni paytda tumandagi mavjud 12 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi mavjud 10449 ta xonadonda 68 mingdan ziyod aholi istiqomat qilmoqda. So‘nggi olti yilda amalga oshirilayotgan islohotlar tumandagi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib bordi. Eng muhimi, odamlar ongu tafakkurida, dunyoqarashida juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Joylarda partiya faollari, deputatlar tomonidan tashkillashtirilayotgan tadbirlarda ham bu hol yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Mahalla ahli konstitutsiyaviy islohotlar o‘z oilalari, farzandlari, mahallasi taqdiriga daxldor ekanligini yaqqol his qilib, ko‘plab asosli fikrlarni o‘rtaga tashlamoqdalar.

Tumandagi “Mevazor” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkillashtirilgan “Yangi Konstitutsiya – inson qadrining oynasi”, deb nomlangan tadbirda ham fuqarolar tomonidan Konstitutsiyaning 20 moddasini “inson-jamiyat-davlat” prinsipidan kelib chiqib o‘zgartirish, konstitutsiyada davlat yoshlarni ma’naviy va ahloqiy tarbiyalash uchun zarur sharoitlar yaratishi kerakligini mustahkamlash, har bir shaxs dam olish huquqiga egaligi, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlovchi qonunda belgilangan ish vaqtining davomiyligi, dam olish va bayram kunlari, haq to‘lanadigan har yilgi ta’til kafolatlanishini Asosiy qonunda belgilash yuzasidan asosli takliflar bildirildi.

Tadbir so‘ngida mahalla fuqarolaridan besh nafari partiya safiga qabul qilindi. Partiya safiga kirish istagida bo‘lgan 10 kishining ro‘yxati shakllantirildi. Endilikda ushbu “Mevazor” MFY hududida ham mahalla faoli Dilshod Ahmedov yetakchiligidagi yangi BPT faoliyat olib boradigan bo‘ldi.

Nafisa Ismatova,

O`zLiDeP Do‘stlik tuman Kengashi raisining

birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari

  • Ko'rildi
    286
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+